MYU yozda xarid qilinadigan 6 futbolchi nomini aniqlab oldi

Aslanov Jasurbek
5 apr 2019, 16:27
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher va klub rahbariyati yozgi transfer oynasida xarid qilinadiganlar ro'yxatini tuzib chiqishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qizil iblislar" ro'yxatida 6 nafar futbolchi nomi bor. Sulsher jamoani Aleks Fergyuson kabi ingliz futbolchilar atrofida qurmoqchi. Shu sababli klub "Kristal Pelas" himoyachisi Aaron Van-Bissaka, "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays, Dortmundning "Borussiya" klubi xavbeki Jeydon Sancho va "Chelsi" hujumchisi Kallum Xadson-Odoilarni qo'lga kiritishga urinib ko'radi.

Ro'yxatda "Real" himoyachisi Rafael Varan va "Atletiko" yarim himoyachisi Saul Niges ham bor.

Oldinroq, ingliz klubi yozda transfer rekordini yangilashga tayyorligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times