MYU va "Arsenal" Dibala borasida taklif berdi. Forvard yiliga 6+1 mln evro olmoqchi

Alisher
4 iyul 2022, 14:45
Bir necha klublar "Yuventus" sobiq forvardi Paulo Dibala borasida taklif berishdi.

Argentinalikka anchadan beri qiziqish bildirayotgan "Inter" shartnoma imzolashdan oldin bir necha futbolchilarini sotish kerak. "Inter"dan Aleksis Sanches va Edin Jeko ketishi mumkin.

Bu vaqtda Dibala bilan "Milan", "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Napoli" bog'landi. Ushbu klublarning barchasi forvardga taklif berishdi.

Paulo yangi klubidan yiliga 6+1 mln evro miqdorida maosh va 4 yillik bitim olmoqchi. "Napoli" uchun bunday moliyaviy talab juda yuqoridir.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tutto Napoli