MYU ushbu haftada Sanchonning transferi bo'yicha kelishuvga erishishi kerak. 77 mln funtdan kam to'lanmaydi, "Siti" esa 10 mlndan ko'proq oladi

Alisher
29 iyun 2021, 15:17
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin.

Manchesterliklar ushbu haftada angliyalik futbolchining 77,4 mln funt (90 mln evro)dan kam bo'lmagan mablag'dagi transferi bo'yicha kelishuvga erishishlari kerak.

21 yoshli o'yinchi bonuslar bilan MYUda haftasiga 250 ming funt maosh oladi. Sancho Angliya Evro-2020dagi ishtirokini yakunlanganidan so'ng, tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Sanchoning transferi amalga oshsa, uni tarbiyalagan "Siti" sotuvning 15%ini o'ziniki qiladi. Bu 10,35 mln funt atrofidagi mablag' degani.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph