MYU Telles uchun 12 mln funt atrofida taklif qildi, "Portu" esa 18 mln so'ramoqda, o'yinchi bu talab juda baland deb hisoblamoqda

Alisher
25 sen 2020, 12:08
"Portu" himoyachisi Aleks Telles "Manchester Yunayted"ga o'tmoqchi.

Braziliyalik futbolchi "Portu" MYUdan so'rayotgan 18 million funt miqdoridagi mablag'ni ko'p deb hisoblamoqda, sababi u kelasi yozda erkin agentga aylanadi.

"Yunayted"ning poziciyasi ham futbolchining fikrlariga yaqin, Angliya klubi o'yinchi uchun 12 mln funt atrofida to'lashga tayyor.

MYU bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Tellesni o'z jamoasida ko'rmoqchi, u futbolchining Lyuk Shou va Brendon Uilyams bilan raqobatini xohlaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: theguardian.com