MYU skautlari Nkunkuni "Leyptsig"ning "Atalanta"ga qarshi o'yinida kuzatishdi

Alisher
15 apr 2022, 17:38
"Manchester Yunayted" skautlari fransiyalik yarim himoyachi Kristofer Nkunkuning o'yiniga baho berish uchun Yevropa Ligasi doirasidagi "Leyptsig" va "Atalanta" bahsiga tashrif buyurishdi.

Manchesterliklar 24 yoshli francuz bilan yozgi transfer oynasida shartnoma imzolamoqchi.

MYUda futbolchini bosh murabbiy Ralf Rangnik ko'rmoqchi. Unga shuningdek 70 mln evro to'lashga tayyor bo'lib turgan PSJ ham qiziqish bildirmoqda.

Forvardning "Leyptsig" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan. Nkunku joriy mavsum "Leyptsig" safida barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol va 16ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru