MYU skautlari Antonini 29 mln evroga baholagan. Keyinroq klub futbolchini 100 mln evroga sotib olgan

Omonjon To`xtamirzayev
25 dek 2023, 15:55
2022 yil yozida Antonining "Ayaks"dan "Manchester Yunayted"ga transferi tafsilotlari oshkor bo'ldi.

MYU murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher bo'lgan davrda manchester klubi skautlari braziyalikni 29 mln evroga baholagan. 2022 yil yozida "Manchester Yunayted" "Ayaks" bilan muzokaralar o'tkazib, Antoni uchun 69 mln evrodan ko'p to'lamasligini ma'lum qiladi.

Biroq transfer oynasining oxirgi kunlarida MYU tarkibni kuchaytirishi juda zarur edi va Antoni uchun 100 mln evro to'lagan.

"Manchester Yunayted" safida vinger 63 ta o'yinda 8 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sky Sports