MYU rahbariyati bosh murabbiylik uchun favorit nomzodni aniqlab oldi

Aziz Tukhtamuradov
1 apr 2022, 09:08
"Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xag MYUda ish boshlash uchun asosiy da'vogarlardan biri bo'lib turibdi.

The Telegraph ma'lumotiga ko'ra, suhbatning birinchi bosqichidan so'ng niderlandiyalik murabbiy favorit bo'lib turibdi. Manchesterliklar shuningdek Maurisio Pochettino va yana bir nomi oshkor etilmayotgan murabbiy bilan ham gaplashishgan. Bu Luis Enrike ham, Xulen Lopetegi ham emasligi aytilmoqda. 

MYU nomzodlar bilan yana bir marta uchrashib, yakuniy qarorga keladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Telegraph