MYU Pogba borasida "Real"ga shart qo'ydi

Mirjalol Normatov
11 sen 2019, 22:41
"Manchester Yunayted" rahbariyati Pol Pogbaning transferi borasida yana bir necha variantlarni ko'rib chiqmoqda.

"El Chiringuito" xabariga ko'ra, "qizil iblislar" fransiyalik futbolchi borasida "Real"ga o'z shartini ma'lum qilgan. Unga ko'ra, "blankos" Pogba uchun 150 million evro hamda Toni Kroosni berishi kerak.

"Real" yozda ham Pogbani sotib olish uchun harakat qilib ko'rgandi. Biroq tomonlar o'zaro kelishuvga erisha olishmagandi. Muzokaralar qishda davom etishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Chiringuito