

Bu haqda "The Financial Times" xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, xaridor "Kuinz Park Reyndjers" egasi, britan-hind tadbirkori Amit Bxatiya boshchiligidagi investorlar konsorciumi bo'lishi mumkin. Bitimni, shuningdek, dunyodagi eng yirik po'lat ishlab chiqaruvchi "ArcelorMittal" kompaniyasiga egalik qiluvchi Mittal oilasi ham qo'llab-quvvatlamoqda. Takidlanishicha, bitim muvaffaqiyatli amalga oshgan taqdirda, "Liverpul"ning qiymati 6 mlrd dollardan (5,25 mlrd evro) oshadi - bu futbol klubi uchun tarixdagi eng yuqori baholashlardan biriga aylanadi.
Takidlanishicha, FSG konsorcium bilan muzokaralar olib borilayotganini tasdiqlagan, biroq hozircha hech qanday kelishuvga erishilmaganini urg'ulagan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda "Liverpul" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallagan edi.



