"MYU" O'zilni sotib olish fikridan qaytmayapti

Tolibjon Qosimov
27 avg 2013, 18:30
"Real" yarim himoyachisi Mesut O'zil yozda klubni o'zgartirishi mumkin, deb xabar bermoqda ESPN.
24 yoshli germaniyalik futbolchi "MYU"ga o'tmoqchi. Angliyaga o'tsa futbolchi hozir olayotgan 4,3 million funt sterling maoshi 7 millionga qadar ko'tariladi. Eslatib o'tamiz, futbolchiga "Arsenal" ham qiziqmoqda.

O'zil mavsumning ikki o'yinida ham maydonga tushdi, ammo ikkalasida ham to'liq o'ynamadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru