"MYU" Nanini 13 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor

Tolibjon Qosimov
27 avg 2013, 12:41
"Manchester Yunayted" 26 yoshli yarim himoyachi Nani bilan xayrlashish istagi haqida e'lon qildi, deya xabar bermoqda The Sun.
"MYU" Nani transferi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. "Yunayted" futbolchi uchun 13 million evro so'rayapti.

Futbolchi uchun asosiy da'vogarlar "Roma" va "Yuventus" klubilari hisoblanadi.

Portugaliyalik "MYU"ga 2007 yil yozida "Sporting"dan 25, 5 million evro evaziga o'tgandi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru