MYU "Milan" yarim himoyachisini ijaraga olmoqchi

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2026
"Manchester Yunayted" yarim himoyani kuchaytirish yo'lida qidiruvni davom ettirmoqda.

"TalkSPORT" ma'lumotlariga qaraganda, "Manchester Yunayted" "Milan" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chikka qiziqish bildirmoqda. Angliya klubi joriy transfer oynasida 29 yoshli futbolchini ijaraga olish imkoniyatini o'rganmoqda. Bu kelasi mavsum Chempionlar Ligasiga yo'l olish imkoniyatlarini oshirish maqsadida qilinmoqda.

Xabar qilinishicha, qiziqish hozircha o'rganish bosqichida, shuningdek, "Aston Villa" ham Loftus-Chikka qiziqmoqda. Yarim himoyachi joriy mavsum A Seriyada 19 o'yin o'tkazdi va o'zi ham Angliyaga qaytishni istamoqda.

Loftus-Chikdan tashqari, "qizil iblislar" yarim himoya uchun yana boshqa nomzodlarni ham ko'rib chiqmoqda.

Qayd etish joiz, angliyalik futbolchi "Chelsi" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "nafaqaxo'rlar" safida o'ynagan, shuningdek, "Fulxem"da ham to'p tepgan va keyinchalik "Milan"ga o'tgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSPORT