MYU Kamavinga uchun "Real" bilan kurashga qo'shildi

Alisher
2 dek 2020, 15:10
"Manchester Yunayted" "Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavingaga qiziqish bildirmoqda.

MYU 18 yoshli yarim himoyachi uchun Madridning "Real" klubi bilan kurashga qo'shilgan. "Renn" oldinroq Kamavingani 75 mln evroga baholagan bo'lsa ham, uni hozir 50 million evroga qo'yib yuborishga tayyor.

Eduardoning "Renn" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

U joriy mavsum barcha musobaqalarda 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Star