MYU himoyachisini "Bayer" ijaraga olmoqchi

Mirjalol Normatov
19 dek 2020, 00:37
"Manchester Yunayted" himoyachisi Brendon Uilyams "Bayer" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, Germaniya klubi 20 yoshli fullbekni yanvar oyida ijaraga olishni rejalashtirmoqda. O'z navbatida Ole-Gunnar Sulsher ham futbolchining o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun bu taklifga rozilik berish niyatida.

Uilyams juda kam o'ynamoqda. Ushbu mavsumda u atigi 6 daqiqa harakat qildi. Uning xizmatlariga "Nyukasl" ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph