MYU futbolchisi sobiq jamoasiga qaytadi

Mirjalol Normatov
14 iyul 2018, 15:46
"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Deyli Blindni "Ayaks"ga sotishga rozi bo'ldi.

"Manchester Evening News" xabariga ko'ra, transfer 14 mln funtga baholanmoqda. Bonuslarni qo'shib hisoblaganda bu narx 18,5 mln funtga yetishi mumkin. 28 yoshli futbolchi 2014 yilda "Ayaks"dan 13,8 mln funt evaziga MYUga transfer qilingandi.

28 yoshli gollandiyalik futbolchi sobiq jamoasi bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: MEN