MYU futbolchisi safga qaytdi va maydonga tushishga tayyor

Aslanov Jasurbek
10 yanv 2018, 15:55
"Manchester Yunayted" himoyachisi Antonio Valensiya "Stok Siti"ga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya Premer-ligasining 23-tur uchrashuvida maydonga tushishga tayyor.

Bahs 15 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Futbolchi "Vest Bromvich"ga qarshi Angliya chempionatining 18-tur o'yinida jarohat olgan edi. Natijada ekvadorlik 3 hafta maydonga tusha olmadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Antonio Valensiya jamoa bilan Dubayga uchib ketgan va mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Maykl Kerrik ham asosiy tarkibga qaytishga yaqin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph