MYUda 10 yildan buyon o'ynayotgan futbolchi yozda jamoadan ketadi

Aslanov Jasurbek
1 mar 2019, 18:30
“Manchester Yunated” bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher APLning 29 tur “Sautgempton”ga qarshi uchrashuv oldidan jamoaning ko'p yillik a'zosi Antonio Valensiya bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilingani va uning mavsum oxirida klubni tark etish haqida ma'lum qildi.

Valensiya 2009 yil “Uigan”dan 19 mln. evro evaziga “qizil iblislar” safiga kelib qo'shilgandi. Ekvadorlik futbolchi MYUdagi 10 yillik faoliyati davomida 388 uchrashuvda maydonga tushib, 25 bora gol urgan va 62ta golga hammualliflik qilgan. 33 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted” bilan jami 9ta sovrinni qo'lga kiritdi.


33 yoshli futbolchi qishki tranferlar oralig'ida Italiyaning “Inter” klubiga o'tishi mumkin edi. Biroq, u “Tumanli Albion”da qolishni afzal ko'rgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News