MYU futbolchilari Sulsherning qolishini istashmoqda

Mirjalol Normatov
18 yanv 2019, 10:59
"Manchester Yunayted" futbolchilari va murabbiylar shtabi Ole-Gunnar Sulsherning qolishini va keyingi mavsumda ham ishlashini istashmoqda.

"Molde"ning shartiga ko'ra, norvegiyalik mutaxassis mankunianliklarni 2019 yilning mayiga qadar boshqaradi.

Joze Mourinyodan keyin jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olgan Sulsherning MYUsi 6 o'yindan keyin 6 g'alabaga erishdi.

Oldinroq "Molde" jamoasi sport direktori Sulsherning jamoaga qaytishini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com