MYU de Xea bilan yangi shartnoma tuzish ustida ishlamoqda

Sherzod Nurmatov
21 okt 2022, 18:59
"Manchester Yunayted" 31 yoshli ispaniyalik darvozabon David de Xea bilan kelishuvni uzaytirmoqchi.

Bu haqda taniqli futbol insayderi va jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi bilan amaldagi bitim 2023 yilning iyun oyi oxirigacha tuzilgan. Biroq mankunianlar ispaniyalikni uzoqroq muddatga o'zida saqlab qolmoqchi. Aniq bir sana hozircha ma'lum qilinmayapti.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Atletiko"de Xeani qaytarmoqchi ekani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira