MYU bosh murabbiyi Ronalduning ketishiga bo'lgan munosabatini o'zgartirdi

Sherzod Nurmatov
4 okt 2022, 18:53
"Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Hag hujumchi Krishtianu Ronaldu yanvar oyida jamoani tark etishiga qarshi emas.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, bungacha mutaxassis hujumchini jamoada olib qolishga harakat qilgan, ammo hozir u bu fikridan qaytgan va agar boshqa klubdan yaxshi taklif tushsa, futbolchini qolishga ko'ndirmaydi.

Manbaga ko'ra, portugaliyalikning o'zi ko'proq o'yin vaqtini olishni, keyin esa JCH-2022 da yaxshi o'yin ko'rsatishni istamoqda.

Ronalduning ishonchi komilki, bunday harakat uning Chempionlar Ligasida o'ynaydigan klubga o'tish imkoniyatini oshiradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph