

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiy Erik ten Xagni Angliya kubogi finalidan so'ng iste'foga chiqaradi. The Guardian nashrining xabar berishicha, "Manchester Siti" ustidan qozoniladigan ehtimoliy g'alaba ham Erik ten Xagga yordam bermaydi.
Niderlaniyalik murabbiyning ketishiga jamoaning natijalari avvalgi mavsumlardagi natijalarining yaxshilanmagani va u qilgan transferlarning omadsiz chiqqani sabab bo'lmoqda.
Ma'lumot uchun, "Manchester Yunayted" ushbu mavsum APLda sakkizinchi o'rinni egalladi. Bu 1990 yildan beri eng yomon natija hisoblanadi.
Ten Xagning o'rniga Tomas Tuxel, Maurisio Pochettino, Kiran Makkenna, Grem Potter va Tomas Frank nomzodlari ko'rib chiqilmoqda.



