

MYU bosh murabbiyi Joze Mourinyo 22 yoshli fransiyalikni yozda sotishga tayyor.
Ikki oycha oldin "Bavariya" va "Yuventus" Marsyal transferi borasida ish boshlashgan edi. Turin klubi muzokaralarida ijobiy o'zgarish ro'y berdi va ular xaridga yaqin kelishmoqda.
Inglizlar Marsyalni 50 mln. evroga sotishga rozi. "Yuventus" yozda transferni amalga oshirmoqchi.



