

"Corriere dello Sport"ning ma'lumotiga ko'ra, Milan shahri klubi vakillari o'yinchining agenti Mino Rayola bilan suhbatlashishgan. Futbolchining o'zi Luchano Spalletti jamoasiga o'tishga rozi.
Oldinroq, MYU bosh murabbiyi Joze Mourinyo Mxitaryan jamoani tark etishi mumkinligini xabar qilgan edi.
Joriy mavsum Mxitaryan Angliya chempionatida 12ta o'yin o'tkazdi va bitta gol urib, beshta golli pas berdi.




