Manchester Yunayted bosh murabbiyi Joze Mourinyo Genrix Mxitaryanni uzoq muddatga safga chiqqan deb hisoblamaydi.
Futbolchi "Tottenxem"ga qarshi o'yinda jarohat oldi va maydonni erta tark etdi.
"Jiddiy jarohat deb o'ylamayman. Lekin, avvaliga barchasi juda-juda yomon deb qo'rqqandim. O'ylashimcha, maksimum ikki haftadan so'ng u safga qaytadi", - deydi Mourinyo.