Muxlislar Messidan Maskerano "Barselona" safidagi birinchi gol urishi uchun imkon berishini so'rashmoqda

Aslanov Jasurbek
16 fev 2016, 12:27
"Barselona" muxlislari jamoa himoyachisi Xaver Maskerano borasida Messiga iltimos bilan chiqishdi.

Maskerano "Selta"ga qarshi bahsdan (6:1) so'ng, jamoada o'tkazgan o'yinlari soni bo'yicha Kataloniya klubi sobiq himoyachisi Ronald Kumanga yetib oldi. Ammo Kumandan farqli o'laroq, Maskerano hozirgacha "Barselona" safida birorta ham gol urgani yo'q.

Muxlislar futbolchining erishga muvaffaqiyatlarini hisobga olib, bu nohaqlik deb hisoblashdi. Ular jamoa hujumchisi Lionel Messiga yuzlanishdi:

"Messi, Maskerano gol urishi uchun imkon bering. U "Barselona"ning haqiqiy yulduziga aylandi deb hisoblaymiz. Xaver jamoa uchun juda ko'p ishlarni amalga oshirdi va u kerakli hurmatga sazovor bo'lmayapti deb o'ylaymiz. Buning uchun Maskerano penalti tepishiga qo'yib bersangiz".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: www.change.org