Muxlis Aguero bilan quchoqlashish uchun maydonga tushdi (foto)

Aslanov Jasurbek
17 sen 2017, 18:14
"Uotford" hamda "Manchester Siti" o'rtasidagi APLning 5-tur uchrashuvi (0:6) yakunlanganidan so'ng, muxlis "Vikareyj Roud" maydoniga tushdi.

Maydonga tushgan ishqiboz, "shaharliklar" hujumchisi Serxio Agueroni quchoqlab, u bilan selfi tushishga muvaffaq bo'ldi. Keyinroq xavfsizlik xizmati vakillari uni maydondan olib chiqib ketishdi.




"Manchester Siti" mehmonda 6:0 hisobida g'alabaga erishdi, argentinalik esa xet-trik qayd etib, ushbu klubdagi gollari sonini 175taga etkazib oldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com