Murod Ismoilov: "Omad kelmasa qiyin ekan"

Narzulla Saydullayev
26 apr 2014, 20:06
"Neftchi" - "Mashal" (0:0) uchrashuvidan so'ng bo'lib matbuot anjumanida ikkinchi qismida Murod Ismoilov ishtirok etdi.
"O'yinda yana o'sha vaziyatlardan foydala olmaslik bizga qimmatga tushdi. Bir nechta vaziyat yaratdik, o'zinglar ko'rdinglar to'p darvozaga kirishni istamadi", - deb gap boshladi Ismoilov.

"Otabek Zokirov va Otabek Isroilov maydonga tushgach o'yin o'zgarib ketdi. Ular kecha yoshlar ligasida ham o'ynashgandi. Shu bois bugun to'liq o'ynay olishmasdi. Biz ishongan tajribali futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishmayapti, endi yoshlarga ko'proq imkon berishga qaror qildim".

"To'g'ri muxlislarimiz bizdan har bir turda g'alaba kutishadi. Ammo murabbiy sifatida amalda bajarishimiz kerak bo'lgan vazifalardan og'ishib ketsam yana avvalga holatimizga qayta olmaymiz. Men murabbiy sifatida qo'limdan kelgan barcha ishni qilayapman. Futbolda doim ham o'xshayvermaydi. Yuksak darajadagi futbolchilar bilan ham natijaga erisha olmaslik holatlari kuzatilgan. Futbolchilar rosa harakat qilishdi, ammo omad kelmadi".

"Birdagina tarkibni yoshartirib yuborsak ham qiyin bo'ladi, asta-sekin ularni maydonga tushirib borish kerak. Birinchi davrani oxirigacha 7-8 ta yoshlarni tarkibga qo'shaman. Mahalliy, g'ayratli va futbol o'ynashni xohlayotgan futbolchilarga ko'proq e'tibor qarataman. Lekin, natija birdaniga bo'lmaydi", - deydi Murod Ismoilov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia