Murod Ismoilov: "Kubok kerak emas degan hayolga borganlar ham bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
25 mar 2016, 18:42
"Navbahor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Murod Ismoilov o'z fikrlarini bildirdi.

"Kubok o'yini bo'lgani uchun kimdir u qadar katta e'tibor qaratishmayapti degan hayolga borgan bo'lishi mumkin. Biz uchun har bir o'yinning ahamiyati bor, barcha raqibga alohida tayyorgarlik ko'ramiz. "Navbahor" kuchli jamoa. O'ylagan narsalarimizning ko'pi o'xshadi. Yigitlarning harakatidan xursandman. Balki himoyaviy uslubda o'ynagandirmiz. Lekin g'alaba qozondik. Bugun omad biz tomonda bo'ldi. "Navbahor" jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilayman", - deydi Murod Ismoilov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia