Murod Ismoilov: "Bugun O'zbekistonning eng yetakchi jamoasiga qarshi o'ynadik"

Narzulla Saydullayev
9 may 2016, 19:14
"Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" (0:2) uchrashuvidan so'ng maydon egalari bosh murabbiyi Murod Ismoilov matbuot anjumanida qatnashdi.
"Biz bugun O'zbekistonning eng yetakchi jamoasiga qarshi o'ynadik. Bugungi g'alaba bilan ularni tabriklayman. Birinchi golga qadar aytilgan ko'rsatmalar to'liq bajarib kelinayotgan edi. Afsuski oddiy holatlarda o'tkazib yuborilgan gollar mahlubiyatga olib keldi. Aksincha gol bo'lishi kerak bo'lgan vaziyatlaoda G'ayrat Hasanov mahorat ko'rsatdi. Yana bir narsa, bizga g'oliblik ruhi yetishmayapti. Ikkinchi goldan keyin ham shijoat ko'rsatsak bo'lardi", - deydi Murod Ismoilov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia