

Niderlandiyalik himoyachi professional faoliyati davomida hech qachon bir mavsumni avvalgi mavsumda ishlagan murabbiy bilan boshlamagan. Ha, mutlaqo hech qachon. Har bir yangi mavsum - yangi bosh murabbiy bilan boshlangan.
Ruben Amorimning ishdan olinishi ortidan bu g'alati va biroz kulgili seriya yana davom etadi.
Mavsum boshidagi murabbiylar ro'yxati:
2016/17 - Peter Bosh (Ayaks)
2017/18 - Marsel Keyzer (Ayaks)
2018/19 - Erik ten Xag (Ayaks)
2019/20 - Mauricio Sarri (Yuventus)
2020/21 - Andrea Pirlo (Yuventus)
2021/22 - Massimiliano Allegri (Yuventus)
2022/23 - Yulian Nagelsmann (Bavariya)
2023/24 - Tomas Tuxel (Bavariya)
2024/25 - Erik ten Xag (Manchester Yunayted)
2025/26 - Ruben Amorim (Manchester Yunayted)
2026/27 - noma'lum



