Murabbiy nima uchun Ronalduni zaxirada qoldirganini aytdi

Aziz Tukhtamuradov
3 iyun 2022, 08:23
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Ispaniya bilan o'yinda Ronalduni zaxirada qoldirdi.

Murabbiy buning sababini izohladi. 

"Ronaldu nima uchun zaxirada qoldi? Bu texnik tanlov edi. O'yinni boshlash uchun shu yaxshi qarordek ko'rindi. Bugungi o'yinda boshqacharoq jamoani ko'rishni istagandim. Menimcha bu yaxshi qaror edi", - dedi Santush. 

Eslatib o'tamiz, o'yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Ronaldu esa 62-daqiqa zaxiradan maydonga tushirildi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com