Muhsin Ubaydullaev: “Neftchi” muxlislariga rahmat”

4 avg 2016, 12:16
“Neftchi” – “Bunyodkor” (2:1) bahsidan so'ng farg'onaliklar vakili Muhsin Ubaydullaev “Neftchi” matbuot xizmati intervyu berib o'tdi.
-  G'alabadan juda xursandmiz. O'yin borasida nima deyish mumkin?  Qiyin o'yin bo'ldi. Irodali g'alabaga erishdik. Albatta bu natijadan Farg'ona ahlini xursand qilganimizdan mamnunmiz. Raqibni kuchli xamjihatlik va jamoaviy o'yin hisobiga taslim qildik. Keyingi o'yinlarda ham muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. “Istiqlol” stadionida bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga jamoamiz futbolchilari nomidan rahmat aytaman, -dedi  Muhsin Ubaydullaev.

Hojiakbar Jabborov yozib oldi.
"Neftchi" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia