Muhsin Muhammadiev: "Bunyodkor" o'yin davomida uchta xavfli vaziyat sodir etdi xolos"

Narzulla Saydullayev
30 sen 2019, 22:43
"Bunyodkor" jamoasiga qarshi kechgan bahsdan so'ng "Buxoro" bosh murabbiyi Muhsin Muhammadievning fikrlari:

"O'yin og'ir o'tishini bilar edik. "Bunyodkor" jamoasi to'pni yaxshi nazorat qiladigan jamoalardan biri hisoblanadi.

Bugungi o'yindagi taktik ishlanmalarimiz shunga qaratilgan edi va biz o'z maqsadimizga erishdik deb ayta olaman. Raqib hujum qilishiga yo'l qo'ymadik. E'tibor bergan bo'lsangiz, "Bunyodkor" jamoasida o'yin davomida uchta xavfli vaziyat bo'ldi xolos.

Yigitlarimizga rahmat aytaman, ular borlarini berib o'ynashdi va safardan muhim 1 ochko bilan qaytyapmiz", - deydi Muhsin Muhammadiev.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати