Muhiddin Xudoyorov “Andijon” lagerini tark etdi

Narzulla Saydullayev
7 mar 2018
Qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarini “Andijon”da o'tkazib kelgan darvozabon kuni-kecha jamoa lagerini tark etgan.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Muhiddin Xudoyorovda kutilmaganda sog'ligi bilan bog'liq muammo yuzaga kelgan. Shu bois 28 yoshli darvozabon andijonliklar bilan do'stona ravishda xayrlashdi. “Burgutlar” hozirda uning o'rniga boshqa bir posbonni taklif etish bo'yicha muzokara olib bormoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia