Muhammadali G'iyosov: "Murabbiyim bu borada ko'p tanbeh bergan"

AGMK Superliganing 12-turida poytaxtning "Olimpik" jamoasiga imkoniyatni boy berdi (1:0).

Uchrashuvdan keyin g'alaba goli muallifi buxorolik Muhammadali G'iyosovning fikrlari bilan qiziqdik:

"Qiyin bo'ldi. Bu biz uchun juda muhim o'yin edi. Shuning uchun bor kuchimizni maydonga tashladik. Shukr, yakunda 3 ochko oldik".

- Gollaringizni doim zaxiradan tushib, uryapsiz. Sizning jamoaning "sehrli tayoqchasi" desak bo'ladimi?

- Bu hammasi Allohdan. Barcha o'yinlarda gol urolmayapman. Bugun shunaqa bo'lishi kerak ekan.

- Tehnika masalasida sizga savol bo'lishi mumkin emas. Ammo ko'pincha zarba berishni kechiktirib yuborasiz...

-  Bu haqda Timur aka ham bir necha bor tanbeh berganlar. Mashg'ulotlarda shu va boshqa kamchiliklarim ustida ko'proq ishlayapman. Hammasi yaxshi bo'ladi hali.


Manba: championat.asia