Muhammad Salah "Fiorentina"ga qarshi o'ynamaydi
Tolibjon Qosimov
6 fev 2017, 20:21
"Roma" yarim himoyachisi Muhammad Salah Italiya chempionati 23-turida "Fiorentina"ga qarshi uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Buni "Corriere Dello Sport" tasdiqladi. Manbaning ma'lum qilishicha, futbolchi Misr terma jamoasi tarkibida Afrika kubogi-2017da ishtirok etgani sabab bir necha kun dam oladi.