MTJ bugun 22 futbolchi bilan mashg'ulot o'tkazdi

Mirjalol Normatov
13 okt 2019, 16:19
O'zbekiston terma jamoasi Cingapurga ketishdan oldin "Jar" stadionida bugun mashg'ulot o'tkazdi.

Kecha kichik jarohat olgan Jaloliddin Masharipov bugungi mashg'ulotlarda umumiy guruhda shug'ullandi. 

Darvozabon Abdumavlon Abdujalilov mashg'ulotda qatnashmadi. U Timur Kapadze bilan o'yinoldi matbuot anjumanida qatnashish uchun Singapurga uchib ketgan. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi ertaga charter reys bilan Singapurga uchib ketadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia