Mozes: “Turne men uchun ajoyib tajriba”

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2013, 16:06
Viktor Mozes yana o'ynay olishi mumkinligidan zavqlanayotgan ekan.
U jarohati sabab Konfederatsiyalar Kubogini o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan edi.

Mozes bu yil o'tkazilgan Afrika Kubogida Nigeriya chempion bo'lishida muhim rol o'ynagan. Lekin jarohati sabab u Konfederatsiyalar Kubokida Nigeriya terma jamoasiga yordam bera olmadi. Lekin “Chelsi” jamoasidagi xamkasblari nigeriyalik Obi Mikel, braziliyalik David Luis va Oskar, ispaniyalik Torres, Mata va Aspilekuetalar ushbu turnirda qatnashishdi.

“Men bu yil Konfederatsiyalar Kubogini o'tkazib yubordim, - deydi 22 yoshli futbolchi.  Men albatta Nigeriya terma jamoasiga yordam berolmaganimdan xafaman. Bu ajoyib turnir, axir dunyoning kuchli jamoalariga qatnashadi va bundan roxatlanasan. Lekin shunaqa paytlarda jarohat olib qolishing mumkin”.

Uning xamkasblari yarmi tatildaligida va qolganlari Konfederatsiyalar Kubogida qatnashayotganda Mozes Kobxemda davolanayotgandi va mana uch haftadan beri mavsum oldi tayyorgarliklarda faol qatnashmoqda.

“Men bu yerda yangi mavsumgacha tiklanib olishim uchun ko'p ishlayotganimda mamnunman, - deydi jamoasi bilan Jakarta mehmonxonasida bo'lib turgan Mozes.  “Oxirgi bekat osiyo turnesidir”.
“Bu men uchun “Chelsi”dagi birinchi turne va bu menga ajoyib tajriba bo'ladi. Men birinchi marta jamoa kelganimda mavsum allaqachon boshlangandi. Bu esa yaxshi emasdi sababi jamoaga moslashuvim qiyin bo'lardi”.

“Bu sayohat shunchaki ajoyib. Bizda bir qancha yangi o'yinchilar bor, kimlardir ijaradan qaytishdi, lekin o'ylashimcha xamma xursand va maqsadga yetish uchun xarakat qilishmoqda”, - deydi “Uigan”ning sobiq o'yinchisi.

“Bu erning issig'i ham juda yoqimli, xattoki menga yoqyapti, shunday ekan men bu yerda ekanligimdan xursandman. O'ylashimcha bunday tajribalar bilan faqat roxatlanish mumkin”.

chelsea-fc.ru saytidan Javlonbek Yusupov tarjimasi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia