Mourinyu sobiq shogirdini "Tottenxem"ga chorlayapti

5 iyun 2020, 00:22
Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Kurt Zuma faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin, deb xabar berdi RMC Sport.

"Shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu rahbariyatga 25 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash zarurligini ma'lum qilgan.

O'z navbatida, "aristokratlar" ham fransiyalik futbolchini qo'yib yuborishga qarshi emas.

Ma'lumot uchun, Zuma aynan "Chelsi"da portugaliyalik mutaxassis qo'l ostida o'ynagandi.

"Tottenxem" yirik miqdorda qarz oldi

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC Sport