Mourinyu "Roma"ga birinchi transfer nishoni kimligini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
6 may 2021, 01:41
"Roma"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyu klubga birinchi transfer maqsadini e'lon qildi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, portugaliyalik klubdan "Real" yarim himoyachisi Isko bilan shartnoma imzolashni so'ramoqda. Kelishuv qiymati 30 million evroni tashkil qilishi kutilmoqda.

Alohida aytish kerakki, Iskoga "Sevilya" ham da'vogar, ammo ular 15 million evrodan ortiq taklif qilishga tayyor emas.

Iskoning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. U joriy mavsumda 27 o'yinda 2 ta golli pas qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia