Mourinyu: "Nihoyat, qamoqdan chiqdim"

Mirjalol Normatov
9 mar 2022, 23:30
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu diskvalifikaciyasi tugagani haqida gapirdi.

Konferenciyalar ligasi doirasida "Vitess"ga qarshi o'yinga uchib ketish oldidan u instagramga rasm joyladi va: "Nihoyat, qamoqdan chiqdim. O'yinga tayyorman", deb izox qoldirdi.

Portugaliyalik mutaxassis A Seriya doirasida "Verona"ga qarshi o'yindagi nomaqbul xatti-harakatlari uchun diskvalifikaciya qilingandi. Shu sababli u "Speciya" va "Atalanta"ga qarshi o'yinlarda o'z joyida bo'lmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal