Mourinyu: "Futbolchilarimning tayyorgarligidan mamnunman"

Mirjalol Normatov
15 dek 2022, 19:51
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu futbolchilarining mavsumning ikkinchi qismi uchun tayyorgarligidan mamnun.

"Juda mamnunman. Termalar tanaffusidan keyin futbolchilar katta ishtiyoq va e'tibor bilan mashg'ulotlarga kirishishi kerak edi. Bunday tanaffuslardan keyin ishga qaytish, o'z falsafamiz yo'liga tushib olish shunchaki oson emas. Futbolchilarning o'tgan 3 kunlikdagi mehnatidan mamnunman", - dedi mutaxassis.

"Roma"ning navbatdagi rasmiy uchrashuvi 4 yanvar kuni "Bolonya"ga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal