Mourinyu faoliyatida ilk bor chempionatda 10ta mag'lubiyatga uchradi

Alisher
12 apr 2021, 17:16
APL 31-tur doirasidagi "Tottenxem" - "Manchester Yunayted" o'yini bo'lib o'tdi.

Bahs poytaxt klubining 1:3 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi. Bu muvaffaqiyatsizlik "shporlar" uchun APLning joriy mavsumidagi o'ninchisi bo'ldi.

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu faoliyatida chempionatda bir mavsumning o'zida 10ta mag'lubiyatni ilk bor qabul qilib oldi.

"Tottenxem" 31 turdan so'ng 49 ochko jamg'argan holda jadvalda 7-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Squawka