Mourinyoga "Real" hujumchisi kerak

Mirjalol Normatov
20 yanv 2020, 19:40
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamosida "Real" hujumchisi Luka Yovichni ko'rishni istaydi.

"Daily Star" xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis forvardni ushbu oydayoq xarid qilishni istamoqda. Chunki ayni damda "Tottenxem"da jarohatlangan Xarri Keynning o'rinbosari yo'q.

Joze Mourinyo "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres bilan aloqalari yaxshiligi sababli, transfer ishlarini tezlatmoqchi.

Ushbu mavsumda 22 yoshli futbolchi "Real" tarkibida 18 o'yinda 1 gol va 2 assistentlik qayd etdi. 2019 yili "Real"ga o'tgan forvardning klub bilan shartnomasi 2025 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Star