

Murabbiy "Verona"ga qarshi o'yinda qo'li bilan hakamga telefon qo'ng'irog'i ishorasini ko'rsatgandi. Bu orqali u hakamni "Yuventus"ga aloqasi borlikda ayblagandi. Mourinyo ushbu harakati uchun ikki o'yinga chetlatildi. Bundan tashqari, murabbiy 20 ming evro jarimaga ham tortilgan.
Mourinyodan tashqari murabbiyning assistenti Luis Da Koshtu Nunu Santush ham ikki o'yinga chetlatildi. "Roma" direktori esa 8 martga qadar diskvalifikaciya qilindi.

Eslatib o'tamiz, “Roma” va “Verona” 2:2 hisobida durang o'ynagandi. Joze Mourinyo jamoasi ayni damda Italiya A Seriyasi turnir jadvalida bor-yo'g'i sakkizinchi o'rinni egallab turibdi.



