Mourinyo: "Uchrashuvlardan oldin ofisimda serial ko'raman"

Aslanov Jasurbek
14 dek 2015, 13:45
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo o'z jamoasining uchrashuvidan oldin nima bilan band bo'lishini aytdi.

"Stemford Brij"dagi kichik ofisimda o'tirish yoqadi. U yerda planshetimda serial ko'raman. Kimdir eshikni taqillatib intervyuga borish kerakligi haqida aytishlarini yomon ko'raman. Doimo seriallarning yangi qismlarini kutaman.

Futbolchilar kiyinish xonasida yoki maydonda shug'ullanayotgan bo'lsa ular bilan yordamchim ishlaydi, men bu vaqtda o'z ishlarim bilan band bo'laman" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal