Mourinyo: “Transfer oynasining oxirigacha Runi uchun qiladigan taklifimizga hech kimning to'sqinlik qilishga haqqi yo'q”

21 avg 2013, 12:09
“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Mourinyo, hujumchi Runi transferi bo'yicha “Manchester Yunayted” bilan olib borayotgan muzokaralari haqida fikr bildirib o'tdi.

“Bu borada hali hech narsa o'zgargani yo'q. Men “Nyukasl” bosh murabbiyi Alan Pardyuning transfer oynasi mavsum boshlanishidan oldin tugashi kerak degan fikriga qo'shilaman. Ha to'g'ri, lekin ular 3-4 turlargacha davom etadi.

Shunday ekan biz transfer oynasi vaqtidan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Biz jamoani kuchaytirishimiz shart va bu uchun bitta o'yinchi olishimiz kerak. Shuning uchun transfer oynasining oxirigacha kurash olib boramiz. Chunki sen biror bir o'yinchiga qiziqib qolgan bo'lsang, transfer oynasining oxirigacha futbolchi borasida taklif bilan chiqishing mumkin, buni hech kim taqiqlay olmaydi”, - deydi Mourinyo.


Manba: sports.ru