Birinchi turda "Arsenal" 16 avgust kuni "Kristal Pelas" bilan, "Chelsi" esa 18 avgust kuni "Byornli" bilan o'ynaydi.
Mourinyo intervyu paytida bu mavsum unga boshqalardan ko'ra kattaroq bosim bo'lishini takidladi: "Nega? Bazi birlar nimadir yutishi uchun ularda 10 yil bor. Menda esa - faqat 2 yil" - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Mourinyo bu so'zi bilan Arsen Vengerning 2005 yildan buyon biror-bir sovringa ega chiqmaganini va shunga qaramay hozirgacha "Arsenal" murabbiyiligicha qolayotganini eslatgandek bo'ldi. "Arsenal" 2013/14 yilgi mavsumda omadsiz seriyasini yakunlab Angliya Kubogini qo'lga kiritdi.
Mourinyu o'tgan mavsum "Chelsi" bilan hech bir sovringa ega chiqmadi. "Men ishlashni, qurishni yoqtiraman. Engil ish yoqmaydi. Oldingi murabbiylarning hosilini yig'ish ham men uchun emas. Men "Portu" o'tgan mavsumda 5 o'rinni olganidan keyin, klubga ustozlik qildim. Men Madridga kelganimda "Real" qayerda edi? "Inter" kelgunimga qadar qayerda bo'lgan? Men "Chelsi"ni yangidan qurish payti kelganida, jamoaga keldim. Bu ligada har mavsum chempionlik uchun to'rtta,beshta yoki oltita jamoa kurashadi" - deydi Mourinyu.