Mourinyo o'zining sobiq o'yinchilaridan iborat ramziy jamoa tuzdi

Alisher
30 mar 2020, 10:24
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyo o'zi shug'ullantirgan futbolchilardan iborat ramziy jamoa tuzdi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik "Portu" (2002-2004), "Chelsi" (2004-2007 va 2013-2015), "Inter" (2008-2010), "Real" (2010-2013) va "Manchester Yunayted" (2016-2018) klublarini boshqargan.


Darvozabon: Petr Chex (Chelsi)

Himoyachilar: Xaver Zanetti (Inter), Jon Terri (Chelsi), Rikardu Karvalyu (Chelsi, Real), Vilyam Gallas (Chelsi)

Yarim himoyachilar: Klod Makelele (Chelsi), Frenk Lempard (Chelsi), Mesut O'zil (Real), Eden Azar (Chelsi), Krishtianu Ronaldu (Real)

Hujumchi: Dide Drogba (Chelsi).


Qayd etish kerakki, Mourinyo "Portu" va "Inter" bilan Chempionlar Ligasini yutgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: manchestereveningnews.co.uk