Mourinyo "Oltin qo'lqop" haqida: "De Xea uchun xursandman, ammo bu jamoaviy sovrin"

Aslanov Jasurbek
11 may 2018, 11:44
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo David de Xeaning "Oltin qo'lqop" sovrinini qo'lga kiritgani haqida fikr bildirdi.

Ushbu sovrin Premer-liga o'yinlarida eng ko'p "quruq" o'yin o'tkazgan posbonlarga topshiriladi.

"De Xea joriy mavsum ajoyib o'yin ko'rsatdi, ammo "Oltin qo'lqop" - bu birinchi navbatda jamoaviy sovrin. Gap "quruq" o'yinlar haqida ketmoqda va bu butun jamoaning muvaffaqiyati. David uchun xursandmiz.

Demak, "Manchester Yunayted" - bu ligada himoyada o'ynash bo'yicha eng yaxshilardan biri. O'zim uchun mamnunman va jamoadan ko'nglim to'q" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com